Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 12.10.2026
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu siyosat "MEBELIM SOFT" MChJ (STIR 312 379 479; keyingi o'rinlarda — Mebelim, biz) sale.mebelim.uz saytiga tashrif buyuruvchilar va saytdagi ariza shaklini to'ldirganlarning shaxsga doir ma'lumotlarini qanday qayta ishlashini tushuntiradi.
1.2. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-547) va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qayta ishlanadi. Ma'lumotlar egasi va operatori — Mebelim.
1.3. Mebelim platformasining o'zida (business.mebelim.uz) mijozlar kiritadigan biznes ma'lumotlari ommaviy ofertaning 9-bo'limiga muvofiq qayta ishlanadi. Sayt va platformadan foydalanish shartlari — ommaviy ofertada.
2. QANDAY MA'LUMOT YIG'AMIZ
2.1. Ariza shaklidan: ism va telefon raqami (majburiy); xohishingizga ko'ra — biznes nomi, hudud, biznes turi, filiallar soni, ombor bor-yo'qligi, hozir nimadan foydalanayotganingiz, asosiy muammo va tanlangan tarif.
2.2. Texnik ma'lumotlar: IP-manzil, brauzer va qurilma turi, ochilgan sahifalar, qaysi saytdan kelganingiz. Ular sayt xostingi jurnallariga yoziladi, roziligingiz bo'lsa — analitika xizmatlariga ham yuboriladi (5–6-bo'limlar).
2.3. Pasport ma'lumotlari, bank kartasi raqami, sog'liq yoki biometrik ma'lumotlarni saytda so'ramaymiz va yig'maymiz.
3. NIMA UCHUN
3.1. Arizangiz bo'yicha siz bilan bog'lanish, Mebelimni ko'rsatish, sinov kirishini berish va tarif bo'yicha maslahat berish.
3.2. Saytning ishlashi va xavfsizligi: xatolarni topish, spam va suiiste'mollardan himoya.
3.3. Faqat roziligingiz bilan — tashriflar statistikasi va saytni qulayroq qilish (Yandex Metrika, Google Analytics).
3.4. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va boshqalarga reklama uchun bermaymiz.
4. ROZILIK
4.1. Ariza yuborishdan oldin shakldagi belgi orqali ma'lumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik berasiz va 18 yoshdan kattaligingizni tasdiqlaysiz. Belgisiz ariza yuborilmaydi.
4.2. Analitika cookie'lariga rozilik saytdagi banner orqali alohida beriladi. "Rad etish"ni bossangiz, analitika yuklanmaydi va sayt to'liq ishlayveradi.
4.3. Rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin: cookie uchun — sahifa pastidagi "Cookie sozlamalari" orqali, ariza ma'lumotlari uchun — 9-bo'limdagi aloqa orqali.
5. KIMGA BERILADI (UCHINCHI TOMON XIZMATLARI)
5.1. Vercel Inc. (AQSh) — sayt xostingi. Server jurnallarida IP-manzil va so'rov ma'lumotlari saqlanadi. Vercel Web Analytics cookie ishlatmaydi va tashrif buyuruvchini aniqlamaydi — faqat sahifalar ko'rilishining umumiy sonini hisoblaydi.
5.2. Yandex (Yandex Metrika, Webvisor) — faqat roziligingiz bilan: tashriflar, bosishlar, sahifadagi harakatlar yozuvi. Ariza shaklidagi ism, telefon va biznes nomi maydonlariga yozilgan matn Webvisor yozuviga kirmaydi.
5.3. Google LLC (Google Analytics 4, AQSh) — faqat roziligingiz bilan: tashriflar statistikasi.
5.4. Ariza ma'lumotlari Mebelim serverlariga yuboriladi va ularni faqat Mebelim xodimlari ko'radi.
5.5. Davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda.
5.6. Vercel, Yandex va Google serverlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan bo'lishi mumkin. Analitikaga rozilik berish orqali siz texnik ma'lumotlarning shu xizmatlarga chet elga uzatilishiga ham rozilik bildirasiz.
7. SAQLASH MUDDATI VA HIMOYA
7.1. Ariza ma'lumotlari maqsadga erishilguncha (siz bilan bog'lanish va hamkorlik) yoki rozilikni qaytarib olguningizcha saqlanadi, so'rovingiz bo'yicha esa o'chiriladi.
7.2. Analitika ma'lumotlari Yandex va Google xizmatlarining o'z qoidalariga ko'ra saqlanadi.
7.3. Sayt faqat himoyalangan HTTPS ulanishi orqali ishlaydi. Ariza ma'lumotlariga faqat ular bilan ishlashi kerak bo'lgan xodimlar kiradi.
8. HUQUQLARINGIZ
8.1. Siz quyidagilarga haqlisiz: biz siz haqingizda qanday ma'lumot saqlayotganimizni bilish; noto'g'ri ma'lumotni tuzatishni so'rash; ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rash; rozilikni qaytarib olish; qayta ishlashga e'tiroz bildirish.
8.2. Huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkin. Avval biz bilan bog'laning — muammoni tezroq hal qilamiz.
9. MA'LUMOTLARNI O'CHIRISH SO'ROVI
9.1. Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirish uchun info@mebelim.uz manziliga "Ma'lumotlarni o'chirish" mavzusida xat yozing yoki +998 93 933 25 35 raqamiga qo'ng'iroq qiling. Ariza qoldirgan telefon raqamingizni ko'rsating.
9.2. Ma'lumotlar sizniki ekanini shu raqamga qo'ng'iroq qilib tasdiqlashimiz mumkin — begona odam sizning ma'lumotlaringizni o'chira olmasligi uchun.
9.3. So'rovni qonunchilikda belgilangan muddatda bajaramiz va natijasini sizga xabar qilamiz. Qonun saqlashni talab qiladigan ma'lumotlar (masalan, shartnoma va to'lov hujjatlari) belgilangan muddat tugaguncha saqlanadi.
9.4. Mebelim platformasidagi hisob va biznes ma'lumotlarini o'chirish yoki eksport qilish — ommaviy ofertaning 9-bo'limiga muvofiq.
10. VOYAGA YETMAGANLAR
10.1. Sayt va Mebelim platformasi biznes uchun mo'ljallangan, 18 yoshga to'lmaganlar uchun emas. 18 yoshgacha bo'lgan shaxslardan ataylab ma'lumot yig'maymiz.
10.2. Agar 18 yoshga to'lmagan shaxs ariza qoldirganini bilsak, uning ma'lumotlarini o'chiramiz. Ota-ona yoki vasiy 9-bo'limdagi aloqa orqali murojaat qilishi mumkin.
11. XABARLAR VA OBUNADAN CHIQISH
11.1. Biz reklama xatlari va SMS rassilkalarini yubormaymiz. Ariza qoldirsangiz, menejerimiz shu ariza bo'yicha qo'ng'iroq qiladi yoki yozadi.
11.2. Boshqa bog'lanmasligimizni xohlasangiz, menejerga ayting yoki info@mebelim.uz manziliga yozing — raqamingiz aloqa ro'yxatidan chiqariladi.
11.3. Mebelim platformasi orqali do'konlar o'z mijozlariga yuboradigan SMS xabarlar uchun do'kon javobgar (ommaviy oferta, 13.3-band). Bunday SMS'lardan voz kechish uchun SMS yuborgan do'konga murojaat qiling.
12. O'ZGARISHLAR VA ALOQA
12.1. Siyosatni yangilasak, yangi tahrir shu sahifada sanasi bilan e'lon qilinadi.
12.2. Operator: "MEBELIM SOFT" MChJ, STIR 312 379 479. Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Meros MFY, Bog'ibo'ston ko'chasi, 186/188-uy.
12.3. Email: info@mebelim.uz · Telefon: +998 93 933 25 35 · Telegram: @mebelim_admin