Mebelim
Mebelim
Ecosystem
O'zbekistonda birinchiBuyurtma, ombor, tsex va mijozlar — bitta joyda

Mebel biznesingizni daftar, Excel va Telegramdan chiqaring.

Mebelim do'kon, ombor, tsex, sotuvchi va mijozni bitta tizimga bog'laydi. Buyurtmadan topshirishgacha — nazoratda.

30 kun bepul sinab ko'ringTo'lov keyin, xohlasangizSozlashda yordam beramiz
mebelim.uz — Bosh panel
Buyurtmalar
12
⚙️Tayyorlanmoqda
5
Umumiy qarz
18.4M
Ombor qoldig'i
243
Karimov D.
3 o'rinli divan
Tayyorlanmoqda
Toshmatova N.
Yotoq to'plami
Tsexga yuborildi
Yusupov F.
Oshxona mebeli
Tayyor
mebelim.uz/t/MB-2041Bot xabar ✓

Mebel biznesida tartibsizlik
sekin kelmaydi. U har kuni pul yeb turadi.

Buyurtma bir joyda, mijoz boshqa joyda, ombor alohida, tsex esa Telegramdagi xabarga qarab ishlasa — rahbar doim yong'in o'chiruvchi bo'lib qoladi.

Telegramda yo'qolgan buyurtmalar

500 ta xabar orasidan «o'sha buyurtma»ni topish — xodimning vaqti, siz uchun pul.

Excelda adashgan qarzlar

Avans kimda, qolgan summa qancha? Ikki kishi ikki xil javob bersa — tizim yo'q degani.

Omborda ko'rinmaydigan qoldiq

Mahsulot mavjud deb sotiladi, keyin omborda yo'qligi ma'lum bo'ladi. Buni oldindan bilish mumkin.

Tsexga kech yetgan topshiriq

Sotuvchi aytdim. Tsex eshitmadim. Mijoz kutmoqda. Bu aloqa muammosi emas — tizim muammosi.

Mijozning cheksiz savollari

«Buyurtmam qayerda?» — bu savol har gal yangi xodim vaqtini oladi. Tracking link buni hal qiladi.

Rahbar hamma narsani qo'lda tekshiradi

Biznes o'sganda rahbarga CRM emas — real vaqtda dashboard kerak. Xotirani tizim bilan almashtiramiz.

Mebelim shu tartibsizlikni jarayonga aylantiradi.

Bitta tizim. Butun mebel zanjiri.

Do'kondan dilerga, tsexdan mijozga — hamma jarayon bitta ekotizimda bog'liq.

MEBELIM
Do'kon / Showroom

Buyurtma, mijoz, to'lov, status.

Sotuvchi

Aniq ish oqimi va mas'uliyat.

Ombor

Qoldiq, ko'chirish, rezerv, mavjudlik.

Tsex / Usta

Topshiriq, status, bot xabar.

Mijoz

Tracking link, xabar, ishonch.

Rahbar

Nazorat paneli va analitika.

Dilerlar

Buyurtma va sotuv tarmoġi.

SubpudratchilarTez kunda

Tashqi ishlab chiqarish nazorati.

Yetkazib beruvchiTez kunda

Material oqimi va hamkorlik.

🔗

Bugun — do'kon, ombor, tsex, mijoz va diler tarmoġi bitta tizimda. Keyingi bosqichda — butun mebel sanoati ishtirokchilari ulangan ekotizim.

Mebel biznesi uchun qurilgan imkoniyatlar.

Har bir modul — bitta muammo. Hammasi birgalikda — to'liq tizim.

Buyurtmalar nazorati

Har bir buyurtma mijoz, mahsulot, summa, avans, qolgan to'lov va muddat bilan yuradi. Barcha ma'lumot bitta joyda saqlanadi.

  • Yangi buyurtma yaratish
  • Statuslar bo'yicha kuzatish
  • Tayyor bo'lish sanasi
  • Mas'ul xodim

Mijozlar bazasi

Telefon raqam emas — mijozning buyurtmalari, to'lovlari, qarzlari va aloqa tarixi bir joyda.

  • Mijoz profili
  • Buyurtmalar tarixi
  • Qarz va to'lovlar
  • Aloqa ma'lumotlari

Ombor va qoldiq

Qaysi mahsulot qayerda, qancha bor, qancha rezervda — hammasi real vaqtda ko'rinadi.

  • Asosiy ombor
  • Showroom/filial ombori
  • Ko'chirishlar
  • Rezerv va mavjud qoldiq

Tsexga aniq topshiriq

Buyurtma tsexga tushganda mas'ul xodim bot orqali darhol xabar oladi — kim, nima, qachon aniq.

  • Tsex tanlash
  • Bot orqali xabar
  • Status nazorati
  • Muddat bo'yicha kuzatish

Mijoz tracking link

Mijoz buyurtmasini o'zi ko'radi — qo'ng'iroqlar kamayadi. Ishonch oshadi, savol kamayadi.

  • Buyurtma statusi
  • Tayyorlanish jarayoni
  • Mijozga qulay link
  • Brendga ishonch

Alohida hisob-kitob (UZS / USD)

Har bir kassani — naqd, karta, o'tkazma, dollar — alohida hisobda ko'rasiz. Qaysi hisobga nima kirdi, nima chiqdi — aniq.

  • UZS naqd / karta hisobi
  • USD hisobi
  • O'tkazmalar va xarajatlar
  • Hisob bo'yicha analitika

SMS va bildirishnomalar

FREE tarifda oyiga 5 ta, PRO tarifda 100 ta SMS kiradi. Ko'proq kerak bo'lsa — platformada balans to'ldirasiz, narxlar ochiq ko'rsatilgan.

  • PRO — 100 SMS / oy
  • Platformada balans to'ldirish
  • Mijoz xabarlari
  • Bot notification

Rahbar dashboardi

Sotuv, qarz, buyurtma va ombor bo'yicha real ko'rinish. Biznes taxmin bilan emas, raqam bilan boshqariladi.

  • Asosiy hisobotlar
  • Tranzaksiyalar
  • Qarz nazorati
  • Analitika

Dilerlar tarmog'i

Diler buyurtma beradi — siz tasdiqlaysiz, mahsulot yo'lga tushadi. Diler kim, qancha sotdi, qancha qarzi bor — hammasi ko'rinadi.

  • Diler profili va shartnoma
  • Buyurtma va tasdiqlash
  • Hisob-kitob va qarz
  • Sotuv statistikasi

Buyurtma endi qorong'ida yurmaydi.

Har bir qadam tizimda ko'rinadi. Kim qildi, qachon, qaysi bosqichda — hamma narsa aniq.

01

Mijoz buyurtma beradi

Yangi

Sotuvchi buyurtmani tizimga kiritadi — mahsulot, summa, avans, muddat.

02

To'lov va avans yoziladi

Tasdiqlandi

Umumiy summa, avans va qolgan to'lov aniq ko'rinadi. UZS va USD alohida hisobda. Hisob-kitobda noaniqlik yo'q.

03

Ombor tekshiriladi

Tekshirilmoqda

Mahsulot/variant mavjudligi va rezerv holati real vaqtda ko'rinadi.

04

Tsex yoki usta xabar oladi

Tsexga yuborildi

Tegishli ijrochi bot orqali topshiriq oladi. Kim, nima, qachon — hammasi aniq.

05

Jarayon hammaga ko'rinadi

Tayyorlanmoqda

Statuslar yangilanadi — rahbar va jamoa real vaqtda kuzatadi.

06

Mijoz kuzatuv havolasi oladi

Tayyor

Mijoz buyurtmasini o'zi ko'radi — qo'ng'iroq qilish shart emas.

07

Topshirish va yakunlash

Topshirildi

Buyurtma yopiladi. To'lov va tarix tizimda qoladi. Hujjat tayyor.

9:41
●●●
M
Mebelim
Buyurtma kuzatuvi
Buyurtma raqami#MB-2041
StatusTayyorlanmoqda
Kutilgan sana18-iyun
JARAYON
Buyurtma qabul qilindi
To'lov tasdiqlandi
Tsexga yuborildi
Tayyorlanmoqda
Topshirishga tayyor

Mijoz o'zi kuzatadi. Siz esa kamroq qo'ng'iroq kutasiz.

Tracking link — buyurtma statusini mijozga real vaqtda ko'rsatadi. Ortiqcha qo'ng'iroq yo'q.

Kamroq qo'ng'iroq
Mijoz o'zi ko'radi — jamoangiz ortiqcha savollar uchun vaqt sarflamaydi.
Ko'proq ishonch
Shaffof jarayon — mijoz qayerda ekanini biladi va ishonadi.
Premium xizmat hissi
Tracking link — zamonaviy, ishonchli brendning belgisi.
Tracking link:mebelim.uz/t/MB-2041

Ombor va tsex alohida dunyo bo'lib qolmasin.

Ombor ko'rinadi

Qoldiq, rezerv, filiallar va ko'chirishlar nazoratda. Sotuvchi bor narsani sotadi, yo'q narsani va'da qilmaydi.

Mahsulot qoldiqlari real vaqtda
Variantlar, rang va o'lchamlar
Filiallar bo'yicha ko'rinish
Transferlar va ko'chirishlar
OMBOR HOLATI
Divan (3 o'rinli, Kulrang)3/4
Yotoq to'plami XL0/2
Oshxona stoli (6 kishilik)7/7
Bolalar karavoti2/3

Tsex xabar oladi

Buyurtma kimga tushgani, nima qilinishi va qachon tayyor bo'lishi tizimda ko'rinadi.

Tsex yoki usta tanlash
Bot orqali notification
Muddat nazorati va eslatmalar
Statuslar real vaqtda
BOT XABARI — @MebelimBot
🔔 Yangi topshiriq — Tsex #2
Buyurtma: MB-2041
Mahsulot: 3 o'rinli divan
Muddat: 18-iyun
Mas'ul: Sardor usta
✓ Qabul qildim
Muammo bor
Tayyorlanmoqda — 5 kun qoldi

Mebelimni shunchaki berib ketmaymiz. Joriy qilishga yordam beramiz.

Maqsad — ro'yxatdan o'tkazish emas. Siz haqiqatan ham Mebelimda ishlay boshlashingiz.

01
BOSQICH 01

Bepul diagnostika

Biznesingiz qanday ishlayotganini ko'rib chiqamiz: buyurtma, ombor, sotuv va tsex oqimi.

02
BOSQICH 02

Sozlash va o'qitish

Xodimlar, rollar, ombor, statuslar — barchasini real ma'lumotlaringiz asosida moslab beramiz.

03
BOSQICH 03

30 kunlik to'liq kirish — bepul

Sozlangan tizimda real buyurtmalaringizni yuritasiz — foydasini amalda ko'rasiz. Hech qanday to'lov talab etilmaydi.

04
BOSQICH 04

Tizim ishga tushadi

Buyurtma, tracking, ombor, tsex — hammasi bir oqimda, siz nazorat qilasiz.

05
BOSQICH 05

Obunaga o'tasiz — tayyorligingizda

30 kun real ish yuritgach, o'zingiz qaror qilasiz. To'lov faqat davom etmoqchi bo'lsangiz.

30 kun davomida real ish yuritasiz. To'lov faqat davom etmoqchi bo'lsangiz.

Oddiy narxlash. Narxlar ochiq ko'rsatilgan.

Ikkita aniq variant: FREE — kichik do'kon uchun, PRO — o'sib borayotgan biznes uchun. Yillik to'lovda tejang. Barcha narxlar ochiq ko'rsatilgan.

Har doim bepul
FREE
0so'm / oy

Kichik do'kon yoki yakka tartibdagi biznes uchun — buyurtma, mijoz va kassani tartibga soling, hech narsa to'lamasdan.

1 do'kon, 1 xodim (egasi)
30 buyurtma / oy
5 SMS / oy
  • Oyiga 30 tagacha buyurtma
  • 100 tagacha mahsulot katalogi
  • 300 tagacha mijoz bazasi
  • 3 tagacha hamkor bilan ishlash
  • Asosiy kassa va qarz nazorati
  • Oddiy, tezkor dashboard
Hammasi shu yerda
PRO
619 000so'm / oy

Har qanday hajmdagi do'kon uchun — cheksiz xodim, filiallarni bosh do'konga ulab boshqarasiz.

Cheksiz xodim
Filiallarga 30% gacha chegirma*
100 SMS / oy kiradi
  • Cheksiz buyurtma, mahsulot, mijoz va hamkor
  • To'liq CRM — mijozlar oqimi va lidlar voronkasi
  • Ombor va qoldiq nazorati (omborxona)
  • Tsex / usta topshiriqlari
  • Kirim-chiqim va alohida UZS / USD hisob-kitob
  • Qarzlar boshqaruvi va tranzaksiyalar
  • SMS boshqaruvi va avtomatik xabarnomalar
  • Telefoniya — qo'ng'iroq integratsiyasi
  • Dilerlar tarmog'i bilan ishlash
  • Oylik hisobot va to'liq analitika
  • Telegram bot bildirishnomalar
  • Ustuvor qo'llab-quvvatlash
💡

30 kunlik bepul to'liq kirish — hech qanday to'lov talab etilmaydi. Tizimni real muhitda sinab ko'ring, keyin qaror qiling.

XAVFSIZLIK

Biznesingiz ma'lumotlari — faqat sizniki.

Xodimdan tortib serverga qadar — har bir qatlamda himoya qilinadi.

Ma'lumotlar shifrlangan

Barcha ma'lumotlar TLS/SSL orqali uzatiladi va shifrlangan holda saqlanadi.

Rol asosida ruxsatlar

Sotuvchi faqat o'z buyurtmalarini ko'radi. Omborchi — omborni. Rahbar — hammasini.

Avtomatik zaxira nusxa

Ma'lumotlaringiz har kuni avtomatik zaxiralanadi — texnik nosozlikda ham tiklanadi.

Xodim chiqarilsa — kirish yopiladi

Xodim tizimdan chiqarilganda uning barcha sessiyalari darhol o'chiriladi.

Faoliyat jurnali

Kim, qachon, nima qildi — barcha o'zgarishlar yozib boriladi.

Ikki bosqichli autentifikatsiya

Telegram OTP orqali ikki bosqichli kirish — hisobingiz qo'shimcha himoyada.

Ma'lumotlaringiz reklama maqsadida uchinchi shaxslarga sotilmaydi.*

Reklama tarmog'i yo'q — biznes sirlaringiz faqat sizda qoladi.

Mebelim real ish jarayonlari asosida qurilgan.

O'zbekiston mebel bozoridan, real muammolardan.

O'zbekiston mebel bozori uchun qurilgan
Real ishlab chiqarish jarayonlari asosida
Telegram bot integratsiyasi
UZS va USD alohida hisob-kitob
Har bir xodim uchun alohida rol
Real vaqtda tracking link

Mebel biznesingizni tartibga solishni nimadan boshlaymiz?

Ariza qoldiring — menejerimiz siz bilan bog'lanib, jarayoningizni ko'rib chiqadi.

+998

Ko'p so'raladigan savollar

Javob topmasangiz — ariza qoldiring, gaplashamiz.

Menejerimiz siz bilan bog'lanadi, biznesingiz jarayonini ko'rib chiqadi va Mebelimni aynan sizning buyurtmalaringiz asosida ko'rsatadi. Keyin — 30 kunlik to'liq kirish, bepul. Hech qanday to'lov yoki karta ma'lumoti talab etilmaydi.30 kunlik kirishga nima kiradi — batafsil
CRM funksiyalari bor, lekin faqat CRM emas. Buyurtma, mijoz, ombor, tsex, to'lov, xodimlar, bildirishnomalar va analitika — barchasi bitta tizimda. O'zbekistondagi mebel biznesi uchun maxsus qurilgan boshqaruv tizimi.
Har bir do'kon — o'z alohida tarifi bilan ishlaydi. Bitta egaga tegishli filiallarni bosh do'konga ulaysiz va rahbar sifatida hammasini bitta dashboarddan boshqarasiz. Filiallar uchun 30% gacha chegirma beramiz.Chegirma qanday hisoblanadi — misol bilan
Ha. Joriy qilish jarayonida xodimlarga rollar va ish jarayoni tushuntiriladi — amaliyotda, nazariyada emas.
Ha, PRO tarifda. Ombor, qoldiq, ko'chirish va rezerv nazorat qilinadi. Har bir filial o'z omborida ishlaydi.
Ha. Tracking havola orqali mijoz buyurtma holatini o'zi kuzatadi. Siz esa telefon qabul qilmayasiz.
Ha. Buyurtma tsexga tushganda bot orqali bildirishnoma boradi. Kim, nima, qachon — aniq.
FREE tarifda oyiga 5 ta, PRO tarifda 100 ta SMS kiradi. Ko'proq kerak bo'lsa — platformada balans to'ldirasiz va keraklicha yuborasiz. Narxlar platformada ochiq ko'rsatilgan — hech qanday alohida kelishuv kerak emas.
Ha. Har bir to'lov turi — naqd UZS, karta, o'tkazma, dollar — alohida hisobda. Qayerga keldi, qayerga ketdi — aniq.
30 kunlik to'liq kirish — bepul, to'lov keyin xohlasangiz

Mebel biznesingiz Mebelim bilan ishlashga tayyormi?

Agar har kuni buyurtma, ombor, tsex va mijozlar orasida yugurayotgan bo'lsangiz, muammo odamda emas. Muammo tizim yo'qligida.

Ariza qoldirsangiz — biznesingiz jarayonlarini ko'rib chiqib, qayerda pul yo'qolayotganini ko'rsatamiz.