Mebel dilerlari bilan ishlash: partiya, to'lov va qarz bitta joyda
Dilerga mol ombordagi aniq mahsulotdan partiya qilib beriladi. Kim qancha mol olgani, qancha to'lagani va qancha qarzi borligi doim ko'rinib turadi.
7 kunlik bepul kirishTo'lov keyin, xohlasangiz. Sozlashda yordam beramiz.
Tanish holatmi?
Dilerga berilgan mol daftarda
Kimga qaysi mahsulot, qachon va qanchaga berilgani turli daftar va chatlarda tarqalib ketadi.
Dilerning qarzi aniq emas
Kim qancha mol olgan, qancha to'lagan — hisob-kitob oy oxirida Excelda tiklanadi.
Qaysi diler yaxshi ishlayotgani noma'lum
Kimga ko'proq mol berish va kim bilan gaplashish kerakligini taxmin bilan hal qilasiz.
Mebelim bunda nima qiladi
Diler kartasi
Nomi, egasi, telefonlari, hududi, manzili va izohi — har bir diler haqidagi ma'lumot bitta joyda.
Partiyalar ombordan
Dilerga mol ombordagi aniq mahsulot va variantlardan partiya qilib beriladi — qaysi mahsulot ketgani aniq.
To'lovlar va qarz
Partiya bo'yicha to'liq yoki qisman to'lovlar yoziladi, qolgan qarz so'm va dollarda ko'rinadi.
Diler statistikasi
Har bir dilerga qancha mol berilgani, qaysi partiyalar to'langani, qismanmi yoki to'lanmaganligi va qolgan qarz.
Oylik hisobotda
Dilerlar bo'yicha natijalar oylik hisobotga ham tushadi — PDF yoki Excel'ga yuklab olasiz.
Qanday boshlanadi
- 1
Ariza qoldirasiz
Menejerimiz bog'lanib, biznesingiz hozir qanday ishlayotganini ko'rib chiqadi.
- 2
Birga sozlaymiz
Xodimlar, rollar, ombor va statuslarni sizning real ma'lumotlaringiz asosida moslab, jamoani o'rgatamiz.
- 3
7 kun bepul ishlaysiz
Real buyurtmalaringizni yuritasiz. To'lov faqat davom etmoqchi bo'lsangiz.
Savollar
Dilerlar bilan ishlash qaysi tarifda?
Dilerlar bilan ishlash PRO tarifida. Avval 7 kun bepul to'liq kirish bilan sinab ko'rasiz.
O'z do'konlarim ham bor. Dilerlar bilan birga yuritsa bo'ladimi?
Ha. Do'kon savdosi, ombor va dilerlar bitta tizimda — rahbar hammasini dashboard va oylik hisobotda ko'radi.
Boshqa yechimlar
Mebel do'koni va showroom uchun
Mebel tsexi va ishlab chiqarish uchun
Mebel ombori va filiallar uchun
Kichik mebel do'konlari uchun
Avans va qarz bilan sotadigan do'konlar uchun
Hisobni Excelda yuritayotganlar uchun
Mebel biznesingizni tartibga solishni nimadan boshlaymiz?
Ariza qoldiring — menejerimiz siz bilan bog'lanib, jarayoningizni ko'rib chiqadi.