Mebelim Ecosystem

Mebel ombori hisobi: nima bor, nima band — real vaqtda

Sotuvchi bor narsani sotadi, yo'q narsani va'da qilmaydi. Asosiy ombor, showroom va filiallar qoldig'i bitta joyda.

7 kunlik bepul kirish

To'lov keyin, xohlasangiz. Sozlashda yordam beramiz.

Tanish holatmi?

Bor deb sotilgan mahsulot omborda yo'q

Mijoz to'lab bo'lgach, divan boshqa buyurtmaga ketgani ma'lum bo'ladi. Uzr so'rab, muddatni surishga to'g'ri keladi.

Qaysi filialda nima borligi noma'lum

Sotuvchi har safar omborchiga yoki boshqa filialga qo'ng'iroq qilib so'raydi.

Rang va o'lchamlar aralashib ketadi

Bir model — uchta rang, ikkita o'lcham. Daftarda «shkaf — 4 ta» deb yozilgan, qaysi biri ekani esa noma'lum.

Mebelim bunda nima qiladi

Qoldiq real vaqtda

Qaysi mahsulot qayerda, qancha bor va qanchasi rezervda — hammasi real vaqtda ko'rinadi.

Rezerv va bo'sh qoldiq

Buyurtmaga band qilingan mahsulot alohida ko'rinadi. Sotuvchi faqat haqiqatan bo'sh turgan narsani taklif qiladi.

Variantlar: rang va o'lcham

Bir modelning har bir rangi va o'lchami alohida hisobda — «qaysi biri?» degan savol qolmaydi.

Asosiy ombor, showroom va filial

Har bir ombor alohida yuritiladi, rahbar esa barcha qoldiqlarni bitta joyda ko'radi.

Shikastlangan va nuqsonli mahsulot

Shikastlangan yoki nuqsonli mahsulot alohida hisobga olinadi va sotuvga tayyor qoldiqqa qo'shilmaydi.

Ko'chirishlar

Mahsulotni bir ombordan boshqasiga o'tkazish tizimda qayd etiladi — qayerdan ketdi, qayerga keldi, aniq.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Menejerimiz bog'lanib, biznesingiz hozir qanday ishlayotganini ko'rib chiqadi.

  2. 2

    Birga sozlaymiz

    Xodimlar, rollar, ombor va statuslarni sizning real ma'lumotlaringiz asosida moslab, jamoani o'rgatamiz.

  3. 3

    7 kun bepul ishlaysiz

    Real buyurtmalaringizni yuritasiz. To'lov faqat davom etmoqchi bo'lsangiz.

Savollar

Ombor hisobi qaysi tarifda?

FREE tarifida bitta ombor bilan ishlaysiz. Bir nechta ombor — PRO tarifida. Avval 7 kun bepul to'liq kirish bilan sinab ko'rasiz.

Showroom va asosiy omborni alohida yuritsa bo'ladimi?

Ha. Asosiy ombor, showroom va filial omborlari alohida yuritiladi, mahsulot ular orasida ko'chirish orqali o'tkaziladi.

Hozirgi mahsulotlarimni tizimga qanday kiritamiz?

Joriy qilish paytida ombor va statuslarni sizning real ma'lumotlaringiz asosida birga sozlaymiz.

Mebel biznesingizni tartibga solishni nimadan boshlaymiz?

Ariza qoldiring — menejerimiz siz bilan bog'lanib, jarayoningizni ko'rib chiqadi.

+998