Mebelim Ecosystem

Bepul ombor va savdo hisobi: mebel do'koni uchun dastur

Daftar va Excel o'rniga — ombordagi qoldiq, har bir sotuv, mijoz va qarz bitta tizimda. FREE tarifda boshlaysiz va hech narsa to'lamaysiz.

7 kunlik bepul kirish

To'lov keyin, xohlasangiz. Sozlashda yordam beramiz.

Tanish holatmi?

Qoldiq daftarda boshqa, omborda boshqa

Daftardagi raqam bilan ombordagi mahsulot mos kelmaydi. Farq faqat sanab chiqqanda bilinadi.

Kunlik savdo kechqurun tiklanadi

Kun oxirida kassani sanab, nima sotilganini xotiradan yozib chiqasiz.

Pullik dastur — katta xarajat

Kichik do'kon uchun qimmat dastur va uni o'rnatish xizmati o'zini oqlamaydi.

Mebelim bunda nima qiladi

Ombor qoldig'i

Har bir mahsulot va uning varianti (rang, o'lcham) bo'yicha qoldiq: nima band, nima bo'sh — ko'rinadi.

Sotilgan mahsulot band bo'ladi

Buyurtmadagi mahsulot qoldiqda band bo'lib ko'rinadi — uni boshqa mijozga sotib yubormaysiz.

Har bir sotuv — buyurtma

Mijoz, mahsulot, summa, avans va qolgan to'lov bilan. Qachon nima sotilgani doim yozilgan.

Mijozlar va qarzlar

300 tagacha mijoz bazasi: har birining buyurtmalari, to'lovlari va qarzi.

Asosiy kassa

Kunlik tushum va to'lovlar daftarsiz yoziladi, qarz nazorati ham shu yerda.

Oddiy dashboard

Bugungi sotuv, buyurtmalar va qarzlar bir qarashda.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Menejerimiz bog'lanib, biznesingiz hozir qanday ishlayotganini ko'rib chiqadi.

  2. 2

    Birga sozlaymiz

    Xodimlar, rollar, ombor va statuslarni sizning real ma'lumotlaringiz asosida moslab, jamoani o'rgatamiz.

  3. 3

    7 kun bepul ishlaysiz

    Real buyurtmalaringizni yuritasiz. To'lov faqat davom etmoqchi bo'lsangiz.

Savollar

Rostdan bepulmi?

Ha. FREE tarif har doim bepul: 1 do'kon, 1 xodim (egasi), 1 ombor, oyiga 30 tagacha buyurtma, 100 tagacha mahsulot va 300 tagacha mijoz. Karta yoki to'lov talab qilinmaydi.

Cheklovdan oshsam nima bo'ladi?

Biznes o'sganda PRO tarifiga o'tasiz: cheklovsiz xodim, buyurtma va mahsulot, bir nechta ombor, CRM, dilerlar va oylik hisobotlar.

PRO imkoniyatlarini oldin ko'rsa bo'ladimi?

Ha. Boshlanishda 7 kun to'liq kirish beriladi, keyin FREE yoki PRO tarifini o'zingiz tanlaysiz.

Mebel biznesingizni tartibga solishni nimadan boshlaymiz?

Ariza qoldiring — menejerimiz siz bilan bog'lanib, jarayoningizni ko'rib chiqadi.

+998