Mebel tsexi uchun dastur: kim, nima va qachongacha — aniq
Do'kon buyurtmani qabul qiladi, tsex esa uni darhol bot orqali oladi. Har bir buyurtmaning holati va muddati do'konga ham, rahbarga ham ko'rinib turadi.
7 kunlik bepul kirishTo'lov keyin, xohlasangiz. Sozlashda yordam beramiz.
Tanish holatmi?
Topshiriq tsexga kech yetadi
Sotuvchi «aytdim» deydi, tsex «eshitmadim» deydi. Mijoz esa kutmoqda. Bu aloqa emas — tizim muammosi.
Muddat o'tgani kech bilinadi
Buyurtma qachon tayyor bo'lishi kerakligi hech qayerda yozilmagan. Kechikish mijoz qo'ng'iroq qilganda ma'lum bo'ladi.
Buyurtma kimda ekani noma'lum
Bir nechta usta, bir nechta buyurtma. Qaysi biri kimda va qaysi bosqichda — rahbar har safar so'rab bilishi kerak.
Mebelim bunda nima qiladi
Bot orqali aniq topshiriq
Buyurtma tsexga yuborilganda mas'ul usta Telegram bot orqali xabar oladi: qaysi buyurtma, qanday mahsulot, qachongacha.
Tsex yoki ustani tanlaysiz
Buyurtmani kerakli tsexga yoki aniq ustaga biriktirasiz — mas'ul doim ma'lum.
Statuslar real vaqtda
Har bir buyurtma qaysi bosqichda ekanini do'kon ham, rahbar ham ko'radi.
Muddat nazorati va eslatmalar
Har bir buyurtmaning tayyor bo'lish sanasi bor. Tizim muddatlarni kuzatadi va eslatadi.
Do'kon va tsex bitta tizimda
Sotuvchi tsexga qo'ng'iroq qilmaydi — holatni tizimda ko'radi. Mijoz esa uni buyurtma sahifasida o'zi ko'radi.
Qanday boshlanadi
- 1
Ariza qoldirasiz
Menejerimiz bog'lanib, biznesingiz hozir qanday ishlayotganini ko'rib chiqadi.
- 2
Birga sozlaymiz
Xodimlar, rollar, ombor va statuslarni sizning real ma'lumotlaringiz asosida moslab, jamoani o'rgatamiz.
- 3
7 kun bepul ishlaysiz
Real buyurtmalaringizni yuritasiz. To'lov faqat davom etmoqchi bo'lsangiz.
Savollar
Usta topshiriqni qanday oladi?
Buyurtma tsexga yuborilganda mas'ul usta Telegram bot orqali xabar oladi: buyurtma raqami, mahsulot, muddat va mas'ul.
Faqat buyurtma asosida ishlaymiz. Mos keladimi?
Ha. Mebelim buyurtmani qabul qilishdan topshirishgacha yuritadi: qabul, avans, tayyorlash, topshirish.
Do'konim ham, tsexim ham bor. Ikkalasini bog'lasa bo'ladimi?
Ha, tizim aynan shu uchun qurilgan: do'kon buyurtmani qabul qiladi, tsex bot orqali topshiriq oladi, holat hammaga ko'rinadi.
Tsex bilan ishlash qaysi tarifda?
Tsex va usta topshiriqlari PRO tarifida. Avval 7 kun bepul to'liq kirish bilan sinab ko'rasiz.
Boshqa yechimlar
Mebel do'koni va showroom uchun
Mebel ombori va filiallar uchun
Ishlab chiqaruvchi va ulgurji sotuvchilar uchun
Kichik mebel do'konlari uchun
Avans va qarz bilan sotadigan do'konlar uchun
Hisobni Excelda yuritayotganlar uchun
Mebel biznesingizni tartibga solishni nimadan boshlaymiz?
Ariza qoldiring — menejerimiz siz bilan bog'lanib, jarayoningizni ko'rib chiqadi.